PFL promousheni Bellator’ni butunlay sotib olishi mumkin
Sport
−
17 iyul 2023
2303Dunyoning UFC’dan keyingi, ikkinchi o‘rindagi eng nomdor MMA tashkiloti hisoblangan Bellator sentyabr oyida o‘z faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda MMA Junkie xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Bellator kompaniyasiga egalik qiluvchi Viacom Amerika media konglomerati, reklama aktivlarini sotishga yaqin turibdi. Unga asosiy da’vogarlardan biri esa boshqa bir MMA tashkiloti PFL hisoblanadi.
“Bellator moliyaviy muammolar sabab o‘ziga sherik qidirmoqda. Ehtimol 60-90 kun ichida tashkilotni umuman boshqa kompaniya tarkibida ko‘rishingiz mumkin. Hozirda Viacom bilan PFL va yana bir nechta kompaniya muzokara olib borilmoqda. Hali hech narsa rasman aniq emas, shuning uchun kutib turing”, deydi Bellator’ning rahbari Skott Koker.
23 sentyabrga rejalashtirilgan Bellator 299 musobaqasi promoushen tarixidagi eng so‘nggi musobaqa bo‘lishi mumkin. Bellator alohida tashkilot sifatida mavjud bo‘lib qolishi yoki PFL brendi ostida faoliyat olib borishi haqida hozircha hech qanday rasmiy ma’lumot berilmagan.
LiveBarchasi