Pfizer vaksinasi sinovida olti kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Amerikaning Pfizer kompaniyasi va Germaniyaning BioNTech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19 vaksinasi sinovlarida olti kishi halok bo‘lgan. Bu haqda AQSH Oziq-ovqat va dori-darmonlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) hisobotida keltirilgan. 

10 dekabrga belgilangan vaksinadan foydalanishni tasdiqlash bo‘yicha yig‘ilish oldidan AQSH Oziq-ovqat va dori-darmonlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) tomonidan e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, vafot etgan ko‘ngillilarning to‘rt nafariga platsebo, ikki nafariga vaksinaning o‘zi yuborilgan.

Hisobotda sinovlar davrida oltita o‘lim holati kuzatilgani (emlangan guruhda ikkita o‘lim, platsebo guruhida to‘rtta o‘lim) qayd etilgan. Vafot etganlarning yarmi 55 yoshdan oshgan, barchasining sog‘ligida muammolar bo‘lgan.

Vaksinani ishlab chiquvchilar tomonidan FDA’ga berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi o‘lim vaksinaning ilk dozasidan uch kun o‘tgach qayd etilgan. Bemor ateroskleroz va semizlikdan azob chekkan. Ulardan biriga vaksinaning ikkinchi dozasi yuborilgach, 62 kun o‘tib yurak to‘xtashi kuzatilgan va uch kundan so‘ng vafot etgan. Platsebo qabul qilganlarning ikki nafari yurak xurujidan vafot etgan. Yana ikki ko‘ngillining o‘limi sabablari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pfizer va BioNTech kompaniyalari ular ishlab chiqqan BNT162b2 vaksinasi 90 foiz samara ko‘rsatgani haqida ma’lum qilgandi. Keyinroq bu ko‘rsatkich 95 foizga chiqarildi.

Keyinchalik, Buyuk Britaniya Pfizer (AQSH) va BioNTech (Germaniya) kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi BNT162b2 vaksinasini ommaviy qo‘llashga ruxsat berdi va bu borada Yevropadagi birinchi davlatga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina Pfizer

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing