Pfizer-Biontech vaksinasi O‘zbekistonga olib kelinadimi?

Jamiyat

Bugungi kunda dunyoda koronavirusga qarshi emlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bu jarayonda turli davlatlarning vaksinalaridan foydalanilyapti. Biroq rivojlangan Yevropa davlatlarida AQSHning Pfizer va Germaniyaning Biontech kompaniyasi ishlab chiqargan “Comirnaty” vaksinasiga talab yuqori.

O‘zbekiston hukumati ham aholini emlash uchun Pfizer-Biontech vaksinasini olib keladimi? Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov “Comirnaty” vaksinasini olib kelish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berdi.

“Biz COVAX mexanizmi doirasida AQSHning Pfizer va Germaniyaning Biontech kompaniyasi ishlab chiqargan vaksinani O‘zbekistonga olib kelish uchun 100 000 doza buyurtma bergan edik. Lekin vaksinaning o‘ziga xos transportirovkasi, o‘ziga xos saqlanishi sababli bu preparat O‘zbekistonga kelmagan. O‘zbekistonda -70 darajada saqlashga mo‘ljallangan ikkita yirik muzlatgich tashkil qilinib, bu vaksina bilan ham emlashga tayyorgarlik ko‘rilgandi”, dedi Botir Qurbonov.

Sanitariya-epidemiologik xizmati mas’uliga ko‘ra, bugungi kunda Pfizer ochiq savdolarga chiqarilmagan. Shu sababdan uni sotib olishning imkoni yo‘q. Agar u ham ochiq savdoga chiqarilsa, tez kunlarda Pfizer vaksinasi ham olib kelinadi va aholini eimlash boshlanadi.

Avvalroq, Botir Qurbonov Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi O‘zbekistonda amaldorlarni emlash uchun olib kelingani haqidagi gap-so‘zlarga izoh bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina Comirnaty

Baholaganlar

57

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing