Pyotr Poroshenko shifoxonaga yotqizildi. Unda koronavirus aniqlangandi
Olam
−
03 Oktabr 2020
5669Koronavirusga chalingan Ukrainaning sobiq Prezidenti Pyotr Poroshenko shifoxonaga yotqizildi. Unga ikki tomonlama o‘pka yallig‘lanishi tashxisi qo‘yilgan. Sobiq Prezidentning turmush o‘rtog‘i Poroshenkoning qizi ham koronavirusga chalinganini ma’lum qildi.
“Bugun mening erim va qizimiz COVID-19 bilan kurashyapti. Pyotr Alekseyevich Kiyevdagi koronavirus bemorlarini davolovchi shifoxonalardan birida. Mening turmush o‘rtog‘imda ikki tomonlama pnevmaniya aniqlanganiga qaramay, uning ruhiyati kuchli va buni kasallik bilan kurashda namoyish qilyapti”, degan Marina Poroshenko.
55 yoshli Poroshenko koronavirusga chalingani joriy yilning 29 sentyabr kuni ma’lum bo‘lgandi.
Shifokorlar koronavirus yoshi katta, ortiqcha vazn va surunkali kasalliklardan og‘rigan erkaklar uchun xavfli ekanini aytgan. Poroshenko kasallikka chalinishidan biroz avval ortiqcha vazndan xalos bo‘lgandi. Ammo mahalliy nashrlar sobiq Prezident qandli diabet kasalligidan aziyat chekayotgan bo‘lishi mumkinligini yozmoqda.
LiveBarchasi