Peskov Zelenskiyga suiqasd uyushtirish haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi

Olam

image

Kreml voizi Dmitriy Peskov Ukraina Xavfsizlik xizmatining Prezident Vladimir Zelenskiyga suiqasdni oldini olgani haqidagi xabari haqida gapirar ekan, bu ma’lumotlarini haqiqat deb qabul qilish qiyinligini aytdi. Bu haqda u bugun, 8 may kuni mahalliy matbuotga bergan izohida so‘z ochdi.

“Men umuman izoh berolmayman. Umuman olganda, siz tushunganingizdek, SBUdan kelayotgan ma’lumotni haqiqat deb qabul qilish qiyin, shuning uchun men hech narsa deya olmayman ", deydi u.

Eslatib o‘tamiz, 7 may kuni Ukrainada Rossiya maxsus xizmatlarining ko‘rsatmalari bilan Prezident Vladimir Zelenskiy, Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk, Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov va boshqa yuqori lavozimli amaldorlarga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan uch ayblanuvchi bilan birga Davlat xavfsizlik boshqarmasining ikki polkovnigi qo‘lga olingan edi.

Muqaddasxon Sattarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Zelenskiy Dmitriy Peskov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made