Peskov O‘zbekistonning Rossiyaga qarshi rezolyutsiyada betaraf qolganiga munosabat bildirdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Ukrainaga Rossiyadan tovon to‘lash to‘g‘risidagi rezolyutsiyasi Rossiya davlatining talon-toroj qilinishini rasmiylashtirishdir, Moskva bunga mutlaqo qarshi. Bu haqda bugun, 15 noyabr kuni jurnalistlarga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

"Tabiiyki, bu jarayon tashkilotchilari butunlay noqonuniy ravishda blokirovka qilingan oltin-valyuta zaxiralarimizni talon-toroj qilishni yakunlashga harakat qilmoqda. Bu BMT platformasidan foydalangan holda ushbu talonchilikni rasmiylashtirishdir”, deydi Peskov.  

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya bunga mutlaqo qarshi. 

Rossiya rahbarining matbuot kotibi bu qaror qonuniy kuchga ega emasligini ta’kidladi.  

“Shubhasiz, Rossiya qo‘lidan kelgan hamma narsani qiladi”, deydi Kreml vakili G‘arb muzlatib qo‘ygan Rossiya zaxiralarini tortib olishning oldini olish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berar ekan. 

Peskovning ta’kidlashicha, so‘nggi olti oy ichida xususiy mulkning barcha asoslari va qoidalari, xalqaro huquq va boshqalarning mutlaq buzilishi fonida, albatta, [Rossiya oltin-valyuta zahiralarini] egallashning bunday bosqinchilik usullari ustunlik qilmoqda.

"Biz bundan keyingi harakatlarimizni belgilashda bularning barchasini hisobga olamiz", deydi u. 

Tovon to‘lash bo‘yicha rezolyutsiyaga ovoz berishga kelsak, Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya BMTda Rossiyaga qarshi ayrim masalalar bo‘yicha ovoz berishda do‘st davlatlar qanday pozitsiyani egallashiga e’tibor qaratmoqda.  

“Bular suveren davlatlardir”, deydi Peskov Armaniston, Serbiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa bir qator davlatlar BMT Bosh assambleyasida Rossiyaning Ukrainaga tovon to‘lashi bo‘yicha rezolyutsiyaga ovoz berishda betaraf qolganini izohlash so‘roviga javoban. 

Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining kecha, 14 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasi ishtirokchilari Rossiya tomonidan Ukrainaga yetkazilgani taxmin qilingan zararning xalqaro reyestrini tuzish, shuningdek, yo‘qotishlarni qoplash mexanizmini yaratish zarurligini tan olish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi. Hujjatga 94 davlat ovoz berdi, 14 davlat qarshi chiqdi, 73 davlat betaraf qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Peskov Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

2430

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing