Peskov “Time” jurnaliga e’tiroz bildirdi 

Olam

image

Avvalroq, “Time” jurnali Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni 2022 yilning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatiga kiritgani haqida xabar bergandik. Zelenskiydan tashqari “Liderlar” toifasiga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham kiritilgan. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu holatga izoh berdi.  

“Bilasizmi, “Time” jurnali tarixida bizning nuqtai nazarimizdan yaxshiroq vaqtlar bo‘lgan. Hozir, albatta, barcha nashrlar uchun mana shu og‘ir davrda, inqiroz davrida juda hissiy va professional tarzda yashash qiyin. Xo‘sh, men u yerda juda ko‘p g‘alati narsalar borligini aytgan bo‘lardim, nima uchun eng nufuzli siyosatchi Barbadosning hurmatli Bosh vaziri ekanligi mutlaqo tushunarsiz. AQSH Prezidenti, ta’bir joiz bo‘lsa, Rossiya “mahbuslari” bilan bir qatorda, buni ham tushunish qiyin. Ammo, bu muharrirlarning tanlovi bo‘lsa kerak”, degan Peskov. 

Ma’lumot o‘rnida, Zelenskiy uchun kirish maqolasini AQSH Prezidenti Jo Bayden yozgan, Putin uchun esa jurnal muxolifatchi Aleksey Navalniyga maqola tayyorlatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Peskov

Baholaganlar

325

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing