“U tarixda o‘z izini qoldirdi”. “Time” Baydenning Zelenskiy haqidagi maqolasini e’lon qildi

Olam

image

“Time” jurnali Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni 2022 yilning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatiga kiritdi. Avvalroq u jurnal o‘quvchilari orasida ovoz berish bo‘yicha Ilon Mask va Boris Jonsonni ortda qoldirib, yetakchiga aylangan edi. “Time” uchun Zelenskiy haqidagi maqolani AQSH Prezidenti Jo Bayden yozgan, deya xabar bermoqda “Meduza”.

“Vladimir Putin Ukrainaga qarshi shafqatsiz urush boshlaganida va ukrainaliklar ularning yetakchisiga muhtoj bo‘lganida, Vladimir Zelenskiyning “Prezident shu yerda” degan so‘zlari butun dunyoda yangradi.

Zelenskiy siymosida Ukraina xalqi butun mamlakat bo‘ylab fuqarolar – do‘kondorlar va askarlar, tikuvchilar va yuk mashinalari haydovchilari – o‘z uylari va ozodliklari uchun kurashayotgan jasorat va matonatga loyiq rahbarni ko‘rdilar. Har gal gaplashganimizda Prezident Zelenskiyning ovozidan xalq oldidagi burchiga chuqur ishonadigan, bugungi qorong‘u va og‘ir damda xalqni boshqarish uchun har kuni mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan insonning qat’iyatini eshitaman.

Prezident Zelenskiy misolidan ilhomlangan erkin dunyo xalqlari so‘nggi paytlarda har qachongidan ham birdam, qat’iy va maqsadliroq bo‘ldi. Amerika Qo‘shma Shtatlari hamda ittifoqchilarimiz ko‘magida u tarixda o‘z izini qoldirdi va butun dunyoga Ukraina bardosh berishini hamda uning xalqi oxir-oqibat o‘zi orzu qilgan demokratik kelajakka erishishini isbotladi”, deya Jo Baydenning so‘zlarini keltirgan nashr.

Zelenskiydan tashqari “Liderlar” toifasiga AQSH Prezidenti Jo Bayden, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy rahbari Si Szinpin, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen, Germaniya kansleri Olaf Shols va Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy kirdi.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing