Peskov Rossiya qachon yadro qurolini ishlatishini aytdi

Olam

image

Rossiya yadro qurolidan faqat mamlakat mavjudligiga real tahdid yuzaga kelgan taqdirdagina foydalanishi mumkin. Bu haqda RF Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Bizda milliy xavfsizlik konsepsiyasi bor, uni ochiq ma’lumotlardan topish mumkin, yadro qurolidan foydalanish mumkin bo‘lgan barcha sabablarni undan o‘qishingiz mumkin. Ya’ni, agar mamlakat mavjudligiga tahdid paydo bo‘lsa, u holda (yadro quroli – tahr.) bizning konsepsiyamizga muvofiq ishlatilishi mumkin”, degan u CNN telekanali efirida.

Kreml matbuot kotibining ta’kidlashicha, matnda boshqa sabablar ko‘rsatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga kirishi ortidan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin strategik kuchlarni, jumladan yadroviy qurollarni shay holga keltirishni buyurgandi.

Yanvar oyi boshida Rossiya, AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya yadro urushining oldini olish va qurollanish poygasiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bayonot bergandi. Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova hujjat Rossiya tashabbusi bilan tayyorlanganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

yadro quroli

Baholaganlar

1942

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing