Peskov Putinning stolidagi g‘alati o‘yinchoq sirini ochdi
Olam
−
21 noyabr 2020
25601Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) onlayn sammiti paytida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning stolida turgan g‘alati o‘yinchoq ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. RF prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu o‘yinchoq nega davlat rahbari stolida turganini ochiqladi.
Peskovning ma’lum qilishicha, bu tadbir tashkilotchilarining sovg‘asi.
“Bu esdalik sovg‘a Malayziyadan. Sammit kuniga tadbir tashkilotchilari yuborishibdi”, degan Kreml vakili g‘alati o‘yinchoqning sirini ochib.
OTIHga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti har yil o‘tkaziladi. Ammo bu yil koronavirus pandemiyasi sammit videokonferensiya shaklida o‘tkazildi. Putin Novo-Ogaryovodagi qarorgohidan efirga chiqdi. Uning stolida ko‘k rangli bir ko‘zli, kulrang nashq tushirilgan antropomorf haykalcha turgandi.
Odatda tadbirni tashkil qilgan davlat ishtirokchilarni mahalliy odatlar bilan tanishtiradi, milliy taomlari bilan mehmon qiladi.
OTIH 1989 yilda tashkil etilgan. Unga mintaqadagi 21 ta davlat – Avstraliya, Bruney, Vetnam, Gonkong, Indoneziya, Kanada, XXR, Koreya Respublikasi, Malayziya, Meksika, Yangi Zelandiya, Papua-Yangi Gvineya, Peru, Rossiya, Singapur, AQSH, Tailand, Tayvan, Filippin, Chili, Yaponiya a’zo. Hozir tashkilotga Malayziya raislik qilyapti.
LiveBarchasi