Peskov davlat to‘ntarishiga urinishda Rossiya ayblanayotganiga izoh berdi
Olam
−
07 dekabr 2022
10628Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun, 7 dekabr kuni jurnalistlarga Germaniyada davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik bilan bog‘liq vaziyat Germaniyaning ichki ishi ekanligini aytdi. U Berlinning guvohligiga ko‘ra, Moskvaning aralashuvi haqida gap bo‘lishi mumkin emasligiga e’tibor qaratdi.
“Bular Germaniyaning anchagina ichki muammolari va ularning o‘zlari Rossiyaning hech qanday aralashuvi haqida gap bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlamoqda. Biz bu haqda OAV xabarlaridan bilib oldik. Bu haqda aytadigan gapimiz yo‘q”, deb tushuntirdi Kreml vakili.
Germaniya Bosh prokuraturasi mamlakatda davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish aniqlangani va gumondorlar qo‘lga olingani, to‘ntarishni amalga oshirishda asosiy aloqa shaxsi hozirda Rossiya Federatsiyasi hisoblanishi, ayblanuvchi Genrix XIII P.R. Rossiya Federatsiyasining Germaniyadagi vakillari bilan allaqachon aloqaga chiqqani, biroq javob ololmagani haqida bayonot berdi.
Bosh prokuratura Rossiyaning Berlindagi elchixonasiga va matbuotga davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilinayotgan shaxslarning Rossiya vakillari bilan aloqalari tafsilotlari haqida ma’lumot bermagan.
Berlindagi elchixonaning ma’lum qilishicha, Rossiyaning Germaniyadagi diplomatik muassasalari noqonuniy tuzilmalar vakillari bilan hech qanday aloqada emas.
To‘tarishga urinish
Avvalroq Germaniya Bosh prokuraturasi mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinish bostirilgani haqida xabar bergan edi. 3000 ga yaqin politsiyachi ishtirok etgan keng ko‘lamli operatsiya davomida Germaniya maxsus xizmatlari davlat to‘ntarishini uyushtirganlikda gumon qilingan 50 dan ortiq kishidan 25 nafarini qo‘lga oldi.
Hibsga olinganlar orasida Rossiya Federatsiyasi fuqarosi – Vitaliya B. Ham bor. U gumonlanuvchilarga Rossiya Federatsiyasi vakillari bilan bog‘lanishda yordam bergani aytilmoqda. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlar fitnaning mafkuraviy asoslarini millatchi nemis Reichsbuerger harakati va Qo‘shma Shtatlarda keng tarqalgan QAnon fitna nazariyasidan olgan.
Hozirgi operatsiya tarixdagi eng yirik operatsiyalardan biriga aylandi. Tintuvlar Germaniyaning 16 federal shtatlaridan 11 tasida, 130 dan ortiq uy va xonadonlarda o‘tkazildi.
Shu bilan birga, terrorchilik tashkiloti yirik va ildiz otgan bo‘lib chiqdi: uning tarkibiga Prussiya knyazlari merosxo‘ri, siyosatchi, yuqori martabali harbiylar va Mudofaa vazirligining maxsus kuchlari askarlari kirgan.
To‘ntarishni reja qilganlar hukumatga o‘xshash kengashni, shuningdek, harbiy qanotni yaratgan, boshqa narsalar qatori kuch tuzilmalarida – armiya va politsiyada tarafdorlarni faol ravishda jalb qilgan. Tashkilot a’zolari go‘yoki kichik qurolli guruh bilan Bundestag (parlament)ga bostirib kirishni rejalashtirgan.
LiveBarchasi