Peruda xavfli kasallik sababli favqulodda holat e’lon qilindi
Olam
−
10 iyul 2023
7387Peruda Giyena-Barre sindromi holatlarining ko‘payishi sababli 90 kunlik favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda “Canal N” xabar berdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Sesar Vaskes Sanchesning so‘zlariga ko‘ra, kasallik holatlari aniqlanganda, agar bemorning ahvoli imkon bersa, bemorlar havo orqali poytaxt Limaga olib ketildi.
Vazirning aytishicha, favqulodda holatning e’lon qilinishi 5000 ampula immunoglobulin sotib olish imkonini beradi.
Peruda Giyena-Barre sindromining 180 dan ortiq holatlari qayd etilgan. 4 kishi vafot etgan, 147 kishi tuzalgan, 31 bemor shifoxonada davolanmoqda.
Giyena-Barre sindromi kamdan-kam uchraydigan kasallik bo‘lib, bu immunitet tizimining o‘z periferik nervlariga hujum qiladigan holat. Sindrom turli yo‘llar bilan o‘zini namoyon qilishi mumkin: uyqusizlik yoki falaj. Sindrom har qanday yoshdagi odamlarga ta’sir qilishi mumkin, lekin u kattalar va erkaklarda eng ko‘p uchraydi.
LiveBarchasi