Peruda yangi o‘simlik turiga Messi nomi berildi

Sport

−

image

Peruda aniqlangan va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yangi o‘simlik turiga argentinalik futbolchi Lionel Messi sharafiga Salvia messii – “Messi o‘simligi” deb nom berildi. Bu haqda “Agencia Andina” xabar berdi.

O‘simlik bunday nomni Argentina terma jamoasi libosining ranglariga o‘xshash och ko‘k va oq gullari tufayli olgan. U yalpizdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, mazkur oilaga kiruvchi ayrim o‘simlik turlari antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va antiseptik xususiyatlari bilan mashhur.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi 2023 yildan buyon AQSHning “Inter Mayami” klubida to‘p surmoqda. U faoliyati davomida Ispaniyaning “Barselona” va Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” jamoalarida ham o‘ynagan.

Argentinalik futbolchi 2022 yilda jahon chempioni bo‘lgan, 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan va Amerika Kubogida ikki marta g‘olib chiqqan. Shuningdek, Messi sakkiz marta “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritib, bu borada rekord o‘rnatgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing