Peruda avtobus jarlikka qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
31 iyul 2023
2772Peruning Xuankabamba provinsiyasida joriy yilning 30 iyul kuni ichida 50 nafar yo‘lovchi va ikki haydovchisi bo‘lgan avtobus halokatga uchrashi oqibatida 15 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda mahalliy RPP radiosi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi Xuankabamba provinsiyasining Xuarmaka tumani Fernando Belaunde Terri shossesida sodir bo‘lgan. San-Martindan Tumbesga yo‘l olgan avtobus jardan qulab tushgan. Halokat haydovchining xatosi oqibatida sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Hodisa oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgan, 20 dan ortiq yo‘lovchi jarohat olib, Lambayeke tumanidagi klinika va shifoxonalarga yetkazilgan. Hozirda halokat joyida jabrlanganlarni qidirish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, hodisa yuzasidan tekshiruv boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kolumbiyada avtobus qoyadan qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan edi.