Kolumbiyada avtobus qoyadan qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
23 iyul 2023
4199Kolumbiya shimolida avtobus qoyadan qulab tushdi. Oqibatda 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “El Diario” ma’lum qildi.
“Afsuski, hozirgacha 10 kishi halok bo‘lgani va 30 kishi yaralangani haqida xabar berilgan”, deyiladi xabarda.
“El Tiempo” gazetasining yozishicha, Kukuta shahridan Valedupar shahriga 41 yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus yo‘ldan chiqib ketgan va taxminan 200 metr chuqurlikka qulagan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar orasida ikki nafar voyaga yetmagan bola ham bor.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda Venesueladan kelgan muhojirlar ketayotgan bo‘lgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda, holat milliy politsiya va Milliy yo‘llar instituti mutaxassislari tomonidan tekshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Nyu-York shahridagi yirik chorrahalardan birida ikki qavatli sayyohlik avtobusi boshqa bir avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida kamida 80 kishi jarohatlangandi.
LiveBarchasi