Peruda avtobus halokati oqibatida 24 kishi vafot etdi

Olam

image

Joriy yilning 28 yanvar kuni Peru shimolida 60 yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus jarlikdan qulab tushdi. 24 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi. Bu haqda  "Reuters" agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea mahalliy vaqt bilan soat 03:00 atrofida sodir bo‘lgan. Haydovchi Pyura hududining Talara provinsiyasidagi yomon yo‘lda boshqaruvni yo‘qotgan va avtobus jardan qulab tushgan.

Mahalliy politsiya tergov ishlari olib borilayotganini aytdi.

Peruda yo‘l-transport hodisalari tez-tez uchrab turadi. Bunga asosan yomon yo‘llar va transport vositalari, shuningdek, haydovchilik guvohnomasisiz yoki mast holda transport vositalarini boshqarish sabab bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 yanvar kuni Pokistonda avtobus ko‘prikdan qulab tushishi oqibatida 41 kishi yonib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Avtobus Peru

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing