Perseverance Marsda 5 metr masofani bosib o‘tdi
Texnologiya
−
06 mart 2021 5929 1 daqiqa
Amerikaning Perseverance roveri Marsda o‘zining birinchi sinov safarini o‘tkazdi. Bu haqda qurilmaning Twitter sahifasida xabar berilgan.
"Yo‘lga chiqdim! Men Marsda 5 metr masofani bosib o‘tib, birinchi sinovdan o‘tdim. Oldinda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p", deyilgan xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning fevral oyida Perseverance roveri Yezero krateri hududiga muvaffaqiyatli qo‘ngandi.
Qurilma hayot izlarini qidiradi va Marsning quruq, sovuq sayyoraga aylanish sabablarini tushunish uchun uning geologiyasini o‘rganadi.
Bundan tashqari, marshrutda odamlarning kelajakdagi ekspeditsiyalari uchun foydali bo‘lgan bir qator eksperimentlar o‘tkaziladi.