Perm universitetidagi otishmada o‘zbekistonliklar jabrlanmadi – TIV

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Rossiyaning Perm davlat milliy tadqiqot universitetida otishma sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Otishmani 18 yoshli yigit uyushtirgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi Perm davlat milliy tadqiqot universitetida ro‘y bergan otishmada jarohatlangan va halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmaganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, vaziyat O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan.

Ma’lumot uchun, Rossiya Tergov qo‘mitasi otishma oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 28 nafar odam jarohatlanganini ma’lum qildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi esa 6 qurbon va 24 jabrlanuvchi haqida ma’lumot bergan.


Maqola muallifi

Teglar

TIV

Baholaganlar

233

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing