“Perevodchilar”ning test sinovi qachon bo‘lishi aytildi
Jamiyat
−
13 avgust 2023 8924 1 daqiqa
Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga ko‘chirishi bo‘yicha test sinovlari joriy yilning 16 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.
Aytilishicha, test sinovlari ikki smenada tashkil etilib, 1-smenada soat 08:00 dan 11:00 ga qadar, 2-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligi saytidan olishi mumkin.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025