Andijonda o‘qishni ko‘chirib berishni va’da qilganlar ushlandi

3-sahifa

image

Anjijonda o‘qishni ko‘chirib berishni, Qashqadaryoda esa o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Andijon viloyati Paxtaobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar O.X. (muqaddam sudlangan) va T.K. fuqaro B.M.ning ishonchiga kirib, uning turmush o‘rtog‘ining o‘qishini Qirg‘iziston davlat universitetidan Andijon davlat universitetiga ko‘chirib berishi evaziga 2 500 AQSH dollari va 9,6 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan. Ushbu pullar hisobidan 700 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, departamentning Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.G‘. fuqaro Q.J.ga go‘yoki qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi oliygohida 2 kursni tamomlagani haqida hujjatlarni rasmiylashtirib berib, uni Qarshi shahridagi xususiy oliygohlardan biriga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro va Farg‘ona viloyatida pul evaziga oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga tushgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Andijon Kasbi o'qishni ko'chirish Paxtaobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing