Peres yana “Real” prezidenti bo‘ldi

Sport

image

Florentino Peres qatorasiga 5-marta "Real Madrid" klubi prezidentligini saqlab qoldi. Bu haqda “AS Diario” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Florentino Peres 5-marta saylovlarsiz g‘alaba qozondi. Unga bu safar ham raqobatchi topilmadi. Peres klubda yana 2029 yilgacha faoliyat olib boradigan bo‘ldi. 2013, 2017, va 2021 yilda ham Florentinoga raqobatchi chiqmagandi.
 
Ma’lumot o‘rnida, 2000 yildan beri klub prezidenti lavozimini egallab kelayotgan Florentino Peres 2021 yilda raqobatchilar yo‘qligi sababli avtomatik ravishda qayta saylangan edi. 2006 yilning 2 iyulidan 2009 yilning 16 yanvarigacha Ramon Kalderon, 2009 yilning 16 yanvaridan 31 mayigacha Visente Boluda ushbu lavozimda faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, klub agar Anchelotti birorta sovrin yutmasa, iste’foga chiqarilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

prezident Real Madrid Florentino Peres

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing