Penzadagi YTHda jabrlangan o‘zbekistonliklardan biri halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, Rossiyaning Penza viloyatidagi yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarolari jabrlangani haqida xabar bergan edik.

M5 “Ural” trassasida yuz bergan YTHda Sherali Patilloyevdan tashqari yana 7 nafar o‘zbekistonlik jabrlangandi. Ular Kuznetsk tumanlararo shifoxonasiga yotqizilgandi.

Bugun, 6 iyun kuni YTHda jabrlangan O‘zbekiston fuqarosi 1983 yil 6 sentyabrda Sherali Xolnazarovich Patilloyev Kuznetsk tumanlararo shifoxonasida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Bosh konsulxonaga Penza viloyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bugun taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra ayni paytda quyidagi fuqarolar ushbu davolash muassasasining reanimatsiya bo‘limida:

1. 1968 yil 5 noyabr kuni tug‘ilgan Ziyodullo Murtazoyevich Karakulov;

2. 1995 yil 6 may kuni tug‘ilgan Sunnat Islomiddinovich Abduravitov;

3. 1973 yil 24 mart kuni tug‘ilgan Sohibaxon Jo‘rayevna Turdaliyeva;

Travmatologiya bo‘limida:

1. 1987 yil 8 iyunda tug‘ilgan Ravshan Xalimjanovich Egamberdiyev;

2. 1986 yil 5 mart kuni tug‘ilgan Fazliddin Bahriddinovich Qosimov;

3. 1995 yil 15 may kuni tug‘ilgan Abduravitov Musurmon Abduhalil o‘g‘li;

4. 1985 yil 16 iyul kuni tug‘ilgan Nurulla Davlatmuradovich Safarov.

Qayd etilishicha, marhumning jasadini vatanga qaytarishda konsullik-huquqiy ko‘mak berish va jarohatlangan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Bosh konsulxona tegishli choralarni ko‘rmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH TIV Rossiya

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing