Pentagon Rossiya Ukrainaga berilgan HIMARS’larning qanchasini yo‘q qilganini ochiqladi

Olam

image

Rossiya Mudofaa vazirligining Ukrainaga berilgan HIMARS’lar yo‘q qilingani haqidagi soxta bayonotlariga qaramay, Pentagon ruslar hozircha birorta raketaga zarar yetkaza olmaganini qayd etdi. Bu haqda “Politico” nashri yozmoqda.

“AQSH Mudofaa vazirligining urushga samimiy baho berish uchun ismi sir qolishini so‘ragan yuqori martabali mulozimiga ko‘ra, Moskva hozirgacha ushbu HIMARS raketalarni yo‘q qila olmagan”, deyiladi xabarda.

Amaldorning qo‘shimcha qilishi, Ukrainaga kelgusidagi janglar uchun hamon ko‘p miqdorda artilleriya kerak. Negaki, urush xarajatlari yuqori: Ukraina kuniga 4000-7000 artilleriya snaryadlaridan foydalansa, Rossiya kuniga 20 000 snaryad uchiryapti.

Oktyabr oyi oxirida Ukraina matbuotida mamlakat Qurolli Kuchlari HIMARS yalpi reaktiv hujum tizimlari va M777 gaubitsalarining joylashuvini o‘rganayotgan rus josusini ushlagani haqida xabar bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

1057

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing