Pentagon NATO yaqin kelajakda kengaymasligiga ishontirdi

Olam

image

Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) yaqin kelajakda yanada kengayish niyatida emas. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin Bryusselda NATOga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

“Yaqin kelajakda istalgan nuqtada kengayish bilan shug‘ullanamiz degan istak yoki ishorani ko‘rmayapman”, deydi u Alyans rejalarini sharhlar ekan. 

Uning alohida urg‘ulashicha, kengayish borasidagi qaror tashkilotning 32 a’zosi tomonidan ma’qullanishi kerak. 

“Men har doim NATOga a’zo bo‘lishni xohlaydigan davlatlar bo‘ladi deb o‘ylayman”, deya qo‘shimcha qildi Amerika harbiy departamenti rahbari.  

Biroq, uning ta’kidlashicha, hozirda alyans a’zolari, ehtimol, Finlyandiya va Shvetsiyaning yaqinda a’zolar safiga qabul qilinishi va NATO rejalarining yakunlanishi natijasida jarayonlarning barqarorlashuvini ko‘rishni xohlashadi. 

2021 yil iyun oyida Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO sammiti ishtirokchilari yakuniy kommyunikeda Ukraina va Gruziya kelajakda alyansga a’zo bo‘lishi mumkinligini ta’kidladilar. Rossiya NATOning sharqqa tomon kengayishiga keskin qarshi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing