Pentagon mansabdori O‘zbekiston bilan chegara xavfsizligini muhokama qildi
Jamiyat
−
18 Oktabr 2021
5770AQSH Mudofaa vazirining maxsus operatsiyalar va past darajadagi nizolar bo‘yicha yordamchisi Kristofer Mayer O‘zbekistonda chegara xavfsizligi masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi muhtor elchisi Daniyel Rozenblum o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Mudofaa vaziri yordamchisi Kristofer Mayer boshchiligidagi idoralararo delegatsiyaning tashrifi davomida so‘nggi kunlar ichida O‘zbekiston hukumati bilan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha samarali muzokaralarda qatnashganimdan va chegara xavfsizligi masalalarini muhokama qilganimdan juda mamnunman”, deb yozib qoldirgan elchi Twitter’da.
Eslatib o‘tamiz, Amerikaning “Politico” nashri Pentagon rasmiylari O‘zbekistonga aksilterror kuchlarini joylashrish bo‘yicha muzokara o‘tkazishi haqida xabar tarqatgandi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Pentagon vakillarini respublikaga tashrifi bo‘yicha rasmiy so‘rov olmaganliklari haqida xabar bergandi.
Shuningdek, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSH harbiy kuchlarini O‘zbekistonga joylashtirish muhokama mavzusi emasligini ma’lum qildi.
LiveBarchasi