Pentagon Kongressga yadro qurolidan foydalanish strategiyasi bo‘yicha hisobotni taqdim etdi
Olam
−
16 noyabr
1945Kecha, 15 noyabr kuni AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Kongressga AQSHning yadro qurolidan foydalanishning yangilangan strategiyasi to‘g‘risida hisobotni taqdim etdi. Bu haqda Pentagon matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangilangan yadro qurolini qo‘llash bo‘yicha qo‘llanma potensial raqiblarning yadroviy arsenallarining o‘sishi, modernizatsiya qilinishi va xilma-xilligining oshishi natijasida yuzaga keladigan yangi cheklash muammolarini ko‘rib chiqadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘llanma milliy mudofaa strategiyasi va 2022 yilgi yadro siyosatini ko‘rib chiqish xulosalariga asoslanadi va Amerika Qo‘shma Shtatlari, uning ittifoqchilari va sheriklarining manfaatlarini himoya qilish uchun favqulodda vaziyatlarda atom energiyasidan foydalanish holatlarini ishlab chiqishga bevosita ta’sir qiladi.
Qolaversa, hisobotda AQSH tinchlik davrida ham, inqiroz va mojaro sharoitida ham raqiblarini bir vaqtning o‘zida ushlab turishi kerakligi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaqin Sharq mintaqasiga qo‘shimcha raketalarga qarshi mudofaa esminetslari, qiruvchi otryadlar va tanker samolyotlari, shuningdek, AQSH Harbiy-havo kuchlarining bir nechta uzoq masofali zarba beruvchi B-52 bombardimonchi samolyotlarini yuborishni buyurgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi