Pentagon Bayden davrida ilk bor Xitoy harbiylari bilan muzokara o‘tkazdi 

Olam

image

Pentagonning yuqori martabali vakili AQSH Prezidenti Jo Bayden lavozimga kirishganidan beri birinchi marta Xitoy armiyasi bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Amerika hukumati vakiliga tayanib, “Reuters” xabar bergan.  

Manbaga ko‘ra, suhbat o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan. Unda Amerika tomonidan Pentagon rahbarining Xitoy masalalari bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Maykl Cheyz, Xitoy tomonidan esa Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy Harbiy Komissiyasi Xalqaro Harbiy Hamkorlik idorasi rahbari o‘rinbosari Xuan Syuepin qatnashgan. 

“Ular xavfsiz videokonferensiya o‘tkazish uchun AQSH va XXR o‘rtasidagi harbiy telefon liniyasidan foydalanishdi”, degan AQSH rasmiysi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Cheyz va Xuan Syuepin birinchi navbatda xavflarni kamaytirish va inqirozning oldini olish yo‘llarini muhokama qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, “Bank of America”ning tadqiqotlar bo‘yicha boshqaruvchi direktori Xaim Isroil joriy yilning aprel oyida AQSH va Xitoyni yangi iqtisodiy urush kutayotganini bashorat qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing