Pensiyadagi super qahramon – Zelenskiy BMTni “jonlantirish”ga chaqirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 22 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida so‘zlagan nutqida BMT va uning ishini tanqid qildi.  

U BMTning faoliyatini “nimaga qodirligini unutgan pensiyadagi super qahramon”ga qiyoslagan hamda uni o‘zgarish va yangilanishga chaqirgan. 

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti allaqachon hech narsa qila olmaslikda ayblangan. Eng yomon ayblov esa BMT Millatlar Ligasiga aylandi, degan gap. Bugun BMT nimaga qodirligini unutgan pensiyadagi super qahramonga o‘xshaydi. U o‘zini birovga yuk bo‘ladigan, kuchsiz, keraksiz, hayoti behuda ketgan qariya deb biladi”, degan Prezident. 

Shuningdek, u tashkilot yutuqlarini sanab o‘tgan va buning uchun BMTni “jonlantirish” hamda uni hozirgi zamon muammolarini hal qilishga qodir qilish kerakligini eslatgan. 

“Men tushunaman, BMTga tez-tez tanqid yog‘iladi. Lekin biz o‘zimizni tanqid qilamiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bino emas, u — rahbarlar. 76 yil oldin BMTni aynan ular yaratgan. Ular hamma narsani oldindan hisoblab chiqishlari mumkinmi? Ishonchim komil emas”, degan Zelenskiy. 

Eslatib o‘tamiz, Zelenskiy Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasidagi chiqishi paytida Donbass viloyatida 15 mingga yaqin odam mojaro qurboniga aylangani haqida gapirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

BMT Zelenskiy

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing