Pekinda 179 kun ichida birinchi marta koronavirus aniqlandi 

Olam

image
0:00
0:00
download
Xitoyliklar JSSTni AQSH biologik laboratoriyasini tekshirishga chaqirdi  north_east

Xitoyliklar JSSTni AQSH biologik laboratoriyasini tekshirishga chaqirdi 

Xitoy poytaxti Pekinda deyarli olti oy ichida birinchi marta COVID-19 holatlari qayd etildi. Bu haqda CNN xabar qilmoqda.  

Pekinda aniqlangan holatlardan biri yaqinda Xunan provinsiyasidan shaharga sayohat qilgan er-xotin bilan bog‘liq. Xunan provinsiyasida esa virusning yangi to‘lqini boshlangan. 

Koronavirus birinchi marta 2019 yilning oxirida Xitoyning Uxan shahrida aniqlanib, tezlik bilan dunyoga tarqaldi. Mamlakat muvaffaqiyatli tarzda koronavirus tarqalishining oldini oldi. 

O‘tgan yilning mart oyidan boshlab yangi holatlar bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar pastligicha qolmoqda, Xitoyning ayrim joylarida kasallanishning ko‘payishi cheklov choralari bilan tezda to‘xtatilgan. 

Hozirgi to‘lqin 9,3 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Szyansu provinsiyasi poytaxti Nankin shahridagi aeroportda tarqalishni boshlagan koronavirusning “delta” shtammi bilan bog‘liq. Ta’kidlanishicha, virus u yerdan beshta provinsiyaga tarqalgan. 

Eslatib o‘tamiz, 500 mingdan ortiq xitoyliklar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan “kelajakdagi epidemiyalarning oldini olish” maqsadida Fort Detrik bazasida joylashgan Amerika biologik laboratoriyasidagi vaziyatni tekshirishni talab qilgandi. Ular ushbu masala bo‘yicha ochiq xatni imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Pekin

Baholaganlar

88

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing