Pekin Olimpiadasining ilk bellashuvlari boshlandi

Sport

image

Bugun, 2 fevral kuni Xitoyning Pekin shahrida XXIV Qishki Olimpiya o‘yinlari doirasidagi ilk musobaqalar boshlandi. Ayni paytda, kyorling bo‘yicha mikst juftlik yo‘nalishida to‘rtta uchrashuv o‘tkazilmoqda: Shvetsiya – Buyuk Britaniya, Avstraliya – AQSH, Norvegiya – Chexiya va Xitoy – Shveysariya.

Mikst kyorling musobaqasida 10 ta jamoa ishtirok etadi: Avstraliya, Kanada, Xitoy, Chexiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Norvegiya, Shvetsiya, Shveysariya va AQSH. Guruh bosqichidan eng yaxshi to‘rtta jamoa yarim finalga yo‘l oladi.

Tabiiyki, O‘zbekiston vakillari kyorling musobaqalarida ishtirok etmaydi.

Ma’lumot uchun, Pekin Olimpiadasining tantanali ochilish marosimi 4 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Olimpiya o‘yinlarida 15 sport turi bo‘yicha jami 109 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Musobaqa 20 fevralga qadar davom etadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Pekin-2022

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing