Pekin Olimpiadasida birgina o‘zbekistonlik sportchi qatnashadi

Sport

image

Joriy yilning 4-20 fevral Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tadigan XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan faqatgina Komiljon To‘xtayev ishtirok ishtirok etadigan bo‘ldi.

“O‘zbekistonda qishki sport turlari, jumladan tog‘ chang‘isi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning muntazam mashg‘ulot olib borishi uchun sharoit yetarli bo‘lmagani bois Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va Qishki sport turlari assotsiatsiyasi terma jamoa a’zolarining yil davomida xorijda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari olib borishini ta’minladi” deyiladi Turizm va sport vazirligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Komiljon To‘xtayev saralash ko‘rsatkichlari doirasida “slalom” va “gigant slalom” yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan me’yorlarni bajarib, 2022 yilgi Olimpiadada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi qoidalariga ko‘ra, O‘zbekiston uchun tog‘ chang‘isi bo‘yicha ikkita kvota (bir ayol, bir erkak) ajratilgan.

Bundan tashqari O‘zbekistonda chang‘i sportining boshqa turlari – snoubord, fristayl, ski-kross, chang‘ida yugurish turlari bo‘yicha yana bir qancha yo‘llanmanlarni qo‘lga kiritish imkoniyati bo‘lgan. Biroq 2019 yil 1 iyuldan 2022 yilning 16 yanvar kunigaga qadar davom etgan saralash davrida To‘xtayevning o‘zi yo‘llanmaga ega chiqdi. 


Maqola muallifi

Teglar

MOQ Pekin-2022 Slalom Komil To'xtaev Qishki sport turlari assotsiatsiyasi

Baholaganlar

400

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing