Pekin AQSHning Xitoy-Yevropa munosabatlariga aralashuvini qabul qilmaydi 

Olam

image

Xitoy rasmiylari Vashingtonning Xitoy-Yevropa munosabatlariga aralashuvini qabul qilmaydi va shu bilan birga Yevropada AQSH o‘rnini egallashni rejalashtirmayapti. Bu haqda bugun, 8 may kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Sin Gang Saudiya Arabistonining “Asharq Al-Awsat”  gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Xitoy AQSHning Yevropadagi o‘rnini egallash niyatida emas, shu bilan birga, biz Amerika tomonining Xitoy-Yevropa munosabatlariga aralashish va buzishga qaratilgan harakatlarini ham qabul qilmaymiz”, degan Xitoy Tashqi ishlar vaziri.

Xitoy TIV rahbarining aniqlik kiritishicha, Pekin va Bryussel o‘rtasidagi aloqalar hech qanday uchinchi tomonga qarshi emas. Xitoy doimiy ravishda Yevropa Ittifoqiga ko‘p qutbli dunyoda mustaqil qutb sifatida qaraydi.

Ma’lumot uchun, Xitoy Tashqi ishlar vaziri Sin Gang 8-12 may kunlari Germaniya, Fransiya va Norvegiyaga boradi. Safar davomida u mavqedoshlari Annalena Berbok (Germaniya), Ketrin Kolonna (Fransiya) va Anniken Xyuitfeldt (Norvegiya) bilan uchrashadi. Aytilishicha, mazkur tashrif Pekin Vashington bilan keskin munosabatlarni hisobga olgan holda Yevropa bilan yaqinlashishga intilayotgan bir paytda amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Germaniya Tashqi ishlar vaziri Berbok Pekinga borib, Xitoyni Rossiyadan Kiyevga qarshi urushni to‘xtatishni so‘rashga chaqirib, Rossiyaga Xitoydan ko‘ra ko‘proq ta’sir ko‘rsatadigan boshqa davlat yo‘q ekanini aytgandi. Shuningdek, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen bilan birga Xitoyga bordi va u yerda XXR Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi, muzokaralarda Ukraina urushi asosiy mavzu bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Xitoy Pekin Bryussel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing