Pedagoglarning majburiy attestatsiyasi uchun yig‘im bekor qilinadi

Jamiyat

image

Pedagog kadrlarga ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifasi, katta, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimi berish, shuningdek, mazkur malaka toifalariga va lavozimlarga talabgorlarga tegishli malaka toifasi (lavozim) berish bo‘yicha navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi. Bu haqda bugun, 24 oktyabr kuni AOKAda ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan Prezident Farmoni loyihasi yuzasidan o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev aytib o‘tdi. 

“Navbatdan tashqari, ya’ni o‘z ixtiyori bilan muddatidan avval attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi”, dedi Ulug‘bek Toshkenboyev. 

Amaldagi tartib bo‘yicha har ikkala holatda ham pedagoglardan yig‘im undirilayotgan edi. Ulug‘bek Toshkenboyevning ta’kidlashicha, ushbu yangilik o‘qituvchi-murabbiylarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kiritilmoqda. 

Avvalroq, mktablarda sinf rahbarligi uchun to‘lovlar 1,5 baravarga oshirilishi, metodistlarlarning ish haqi miqdori oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtirilishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

attestatsiya pedagog

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing