Pavel Durovning akasi Fransiyada qidiruvga berildi
Olam
−
28 avgust 2024 4979 1 daqiqa
Telegram asoschisi Pavel Durovning akasi Nikolay Durov ham Fransiyada qidirilmoqda. Bu haqda sud hujjatiga tayanib, “Politico” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Pavel va Nikolayni hibsga olish uchun orderlar uyushgan guruh tarkibida voyaga yetmaganlarning pornografik tasvirlarini saqlash, tarqatish yoki ulardan foydalanishga ruxsat berishda ishtirok etganlikda ayblanib, joriy yilning 25 mart kuni chiqarilgan.
Prokuratura aka-uka Durovlarni hibsga olish orderlari yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi, chunki tergov maxfiy o‘tkazilmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, Parij prokuraturasining kiberjinoyatchilik bo‘limi tomonidan tergov boshlanishiga olib kelgan Telegram orqali sodir etilgan turli huquqbuzarliklar orasida bolalar pornografiyasi bilan bog‘liq jinoyatlar ham bor.
Qayd etilishicha, Nikolay Durovning qayerda ekanligi hozirda noma’lum.
Nikolay Durov, ukasi, VKontakte va Telegram asoschisi Pavel Durovdan farqli o‘laroq, ommaviy axborot vositalarida kam ko‘ringan. Nikolay Telegram'ning asosiga aylangan shifrlash protokolini ishlab chiqqan. Hozirda dasturchi Sankt-Peterburgda yashaydi, Fanlar akademiyasi matematika instituti bo‘limida katta ilmiy xodim bo‘lib ishlaydi. Katta Durov “Forbes” jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, IT sohasidagi eng nufuzli odamlardan biri sifatida tan olingan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Fransiya huquq-tartibot idoralari Pavel Durovni ko‘plab kiberjinoyatlarda gumon qilinib, ismi oshkor etilmagan shaxsga qarshi tergov doirasida so‘roq qilinayotgani xabar qilingandi.
Zebo Turobjonova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025