Pavel Durov otalik huquqidan mahrum qilindi

Olam

image

Telegram asoschisi Pavel Durov otalik huquqidan mahrum qilindi. Bu haqda uning 3 nafar farzandining onasi ekanini da’vo qilgan Irina Bolgar Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylagan postida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Durov uni BAAga ko‘chib o‘tishga majbur qilgan, keyin kartalarini bloklab qo‘ygan, to‘lovlarni to‘lamagan va Shveysariyada bolalar uchun immigratsiya hujjatlarini uzaytirishga rozi bo‘lmagan, shuning uchun Irina Bolgar sudga murojaat qilishga qaror qilgan.

“2022 yil oxirida Pavel Durov menga ultimatum qo‘ydi va o‘z xohishimga qarshi BAAga ko‘chib o‘tishga majbur qildi. U oyiga 150 ming yevrogacha aliment to‘lashi kerak edi. Pul sarflashimga ruxsat beruvchi notarial tasdiqlangan ruxsatnomalarga qaramay, yillar davomida ishlatgan barcha kartalarimga kirishni blokladi. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank hisob varag‘idan to‘laydigan to‘lovlarni to‘lashni to‘xtatdi: ta’lim, sayohat, tibbiy xarajatlar va hokazo”, deydi Bolgar

Irinaning ta’kidlashicha, milliarder uni bolalar va kattalar himoyasi bo‘yicha Jeneva tribunalidan yordam so‘rashga majbur qilgan. Departament tergovni boshladi. Vasiylik organlari bir necha bor taqdim etilgan barcha kontaktlardan foydalangan holda Durov bilan bog‘lanishga harakat qilgan, ammo javob olmagan.

Bolalar va kattalarni himoya qilish bo‘yicha tribunal Jeneva vasiylik organlari tomonidan o‘tkazilgan tergovni boshlagan, natijada Durovni uchta farzandiga nisbatan otalik huquqidan mahrum qilishga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zini Telegram asoschisi Pavel Durovning uch farzandining onasi deb atagan Irina Bolgar unga qarshi Shveysariyada jinoiy ish qo‘zg‘atgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pavel Durov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing