Pashinyanning “oq bayroq ko‘tarishi” ortidan Yerevanda namoyish boshlandi

Olam

image

Yerevanda Armaniston Bosh vazirining Qorabog‘ urushini tugatish haqidagi bayonotidan so‘ng, norozilik namoyishlari boshlandi, bir necha yuzlab odamlar mamlakat Hukumati binosiga bostirib kirishdi.

Tajovuzkor namoyishchilar binoga kirish eshiklarini sindirdilar, hamda bino ichini vayron qildilar.

Yerevan markazida odamlar to‘plangan. Politsiya xodimlari ularga kuch ishlatmagan holda, odamlarni tinchlantirishga urinyapti. 

Armaniston parlamenti, mahalliy OAV xabariga ko‘ra, navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Tahminlarga ko‘ra unda Pashinyanga qarshi impichment e’lon qilinishi mumkin.

Avvalroq, Pashinyan jonli efirdagi murojaatida bitim imzolashdan boshqa chorasi qolmaganligini aytgan edi. Uning ta’kidlashicha, Armaniston urushga g‘olib bo‘lmadi. Ammo mag‘lub ham bo‘lmadi. Yerevanda norozilik namoyishlarini tashkil qilgan barcha odamlar javobgarlikka tortiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

631

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing