Pashinyanning muxoliflari tunni qanday o‘tkazdi? 

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning muxoliflari Yerevanda mamlakat parlamenti yaqinida lager qurdi. 

Bog‘ramyan xiyobonidagi yo‘lga, parlament yaqinidagi panjara atrofiga beshta katta chodir va bir nechta kichikroq chodirlar o‘rnatilgan. 

Bundan tashqari, odamlar isinish uchun gulxan yoqishgan. 

Hududni politsiyachilar qo‘riqlagan, ularga ham gulxan atrofida isinishga ruxsat berilgan. 

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining avtomashinalari xiyobondagi harakatni ikki tomondan to‘sib qo‘ygan. Tunda lager atrofidagi muhit tinch bo‘lgan. 

Bugun, 26 fevral kuni deputatlar sessiya o‘tkazishi kutilmoqda, unda mamlakatdagi vaziyat muhokama qilinishi rejalashtirilgan. 

Avvalroq, Armanistonda siyosiy muvozanat izdan chiqqani, harbiylar mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilgani va namoyishlar bo‘layotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Pashinyan muxoliflar

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing