Pashinyan yana Armaniston Bosh vaziri etib tayinlandi

Olam

image

Bugun, 2 avgust kuni Armaniston Prezidenti Vaagn Xachaturyan “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi yetakchisi Nikol Pashinyanni mamlakat Bosh vaziri etib tayinladi. Tegishli farmon Prezidentning veb-saytida e’lon qilindi.

Avvalroq, Pashinyan yangi chaqiriq parlamentining ish boshlashi munosabati bilan hukumat iste’foga chiqqanini e’lon qilgan edi. Prezident kabinet iste’fosini qabul qilganidan so‘ng, parlamentdagi ko‘pchilik Pashinyan nomzodini yana bosh vazirlik lavozimiga ilgari surdi.

Armaniston Konstitutsiyasiga ko‘ra, yangi chaqiriq Milliy majlisning birinchi yig‘ilishi kunida hukumat o‘z vakolatlarini topshirishi shart. Yangi parlamentning vakolat muddati boshlanganidan so‘ng, Prezident darhol parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan ilgari surilgan nomzodni bosh vazir etib tayinlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Armanistonda parlament saylovlari 2026 yil 7 iyunda bo‘lib o‘tgan edi. Rasmiy natijalarga ko‘ra, Milliy majlisga uchta siyosiy kuch o‘tdi: Nikol Pashinyan boshchiligidagi “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi 49,7 foiz ovoz (726 819 ta ovoz), “Kuchli Armaniston” blogi 23,2 foiz ovoz (340 060 ta ovoz) va “Armaniston” blogi 9,9 foiz ovoz (144 983 ta ovoz) to‘pladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing