Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ mojarosining yechimi haqidagi gaplarni puchga chiqardi

Olam

image

Tog‘li Qorabog‘ maqomi masalasi aniqlanmaguncha, Tog‘li Qorabog‘ mojarosining yechimi haqidagi bayonotlar o‘rinsiz. Bu haqda bugun, 2 avgust kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan qilgan bayonotida aytilgan. 

“Tog‘li Qorabog‘ning hududiy birlik sifatida mavjud emasligi va mojaro hal qilingani haqidagi barcha bayonotlar Arsax armanlarining xavfsizligi va huquqlari himoya qilinmaguncha ahamiyatsizdir. Shunga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘ning maqomi to‘g‘risidagi masala qaytarib bo‘lmaydigan tarzda hal qilinib, shu munosabat bilan YeXHT Minsk guruhi hamraislari xalqaro hamjamiyat tomonidan ma’qullangan mandatga ega”, deyiladi bayonotda. 

Armaniston hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat 44 kunlik urush oqibatida yuzaga kelgan gumanitar muammolarni hal qilish va Tog‘li Qorabog‘da etnik tozalash siyosatining oldini olishga harakat qilishga majburdir.

Eslatib o‘tamiz, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 31 avgust kuni Belgiya poytaxti Bryusselda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel vositachiligida muzokara o‘tkazdi va navbatdagi uchrashuvni noyabr oyida o‘tkazishga kelishib oldi.

Tomonlar, shuningdek, Tashqi ishlar vazirlari darajasida tinchlik shartnomasini imzolash bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga ahdlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing