Pashinyan Putin va Aliyev bilan uchrashish uchun Sochiga keldi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan muzokaralarda ishtirok etish uchun bugun, 31  oktyabr kuni Sochiga keldi. Bu haqda TASS Armaniston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi. 

“Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Sochiga amaliy tashrif bilan keldi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Sochiga Pashinyan bilan birga Bosh vazir o‘rinbosari Mher Grigoryan, Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan va Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan ham borgan. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 31 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Putin, Pashinyan va Aliyev Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarining 2020 yil 9 noyabr, 2021 yil 11 yanvar va 26 noyabrdagi uch tomonlama kelishuvlarini amalga oshirish, Transkavkazda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha keyingi qadamlarni ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 29 oktyabr kuni Kollektivv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) Kollektiv xavfsizlik kengashi (KXK)ning Ozarbayjon-Aramaniston chegarasidagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va KXSHT Bosh kotibi Stanislav Zas ishtirok etdi. KXSHT KXK Baku va Yerevan o‘rtasidagi ziddiyatlarni siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal etish tarafdori bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing