Pashinyan Putin bilan uchrashishni rejalashtirmoqda 

Olam

image
0:00
0:00
download

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan joriy yilning 7 aprel kuni Moskvada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bosh vazirning Matbuot kotibi Mane Gevorgyan ma’lum qilgan.  

"7 aprel kuni Moskvada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan rejalashtirilgan uchrashuvi munosabati bilan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan 2 apreldan o‘zini izolyatsiya qiladi", degan Gevorgyan. 

Shu bilan birga, u Hukumat rahbarining rejalashtirilgan kun tartibi ustida ish olib borayotganini qo‘shimcha qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 28 mart kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bo‘lajak parlament saylovlari fonida iste’foga chiqishini e’lon qildi. Siyosatchi Armaniston xalqi kimni tanlasa, o‘sha shaxsga hokimiyatni topshirishga tayyor. Pashinyan saylovda o‘z nomzodini qaytarib olmoqchi emas. Respublikada parlament saylovlari joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Pashinyan

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing