Pashinyan Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tan olish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi

Olam

image

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjonning hududi ekanligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatni imzoladi. Jarayon Granadada (Ispaniya) o‘tgan sammitda bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Yevrokengash Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Tomonlar Armaniston (29 800 kv.km) va Ozarbayjon (86 600 kv.km) suvereniteti, chegaralari daxlsizligi va hududiy yaxlitligini o‘zaro tan olish asosida Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishga qaratilgan barcha sa’iy-harakatlarga sodiq qoladilar”, deyiladi hujjatda.

Uchrashuv Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols va Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel ishtirokida bo‘lib o‘tdi. 

“Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Granadaga kelmadi, chunki Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uchrashuvga taklif qilinmagan edi”, deyiladi tashkilot Matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 4 oktyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 5 oktyabr kuni Ispaniyaning Granada shahriga tashrif buyurishdan bosh tortdi. U yerda 5 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqi, Fransiya va Germaniya rahbarlari ishtirokida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv o‘tkazilishi kerak edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, rad etishga Fransiyaning buzg‘unchi pozitsiyasi, shuningdek, Parij va Berlinning Turkiyaning uchrashuvdagi ishtiroki bo‘yicha kelishmovchiligi sabab bo‘lmoqda. 

Avvalroq, Fransiya Tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna armanistonlik hamkasbi Ararat Mirzoyan bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Fransiya Armaniston bilan harbiy yordam yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashga tayyorligini aytib o‘tgan edi. Bu esa Bakuning noroziligiga sabab bo‘ldi

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev uchrashuv o‘tkazishdan bosh tortganiga qaramay, 5 oktyabr kuni Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitida ishtirok etish uchun Ispaniyaning Granada shahriga tashrifini bekor qilmadi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Pashinyan Evrokengash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing