Pashinyan Ozarbayjon bilan tinchlik bitimi qachon imzolanishini aytdi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Bryusselda o‘tgan uchrashuvda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan dastlabki kelishuvga erishilgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi rahbari Armaniston jamoat televideniyesiga bergan intervyusida xabar bergan.

“Bizning (Aliyev bilan) Bryusseldagi uchrashuvimiz tomonlarning tinchlik sari intilish istagini bildiradi. Bu esa ikki-uch oy ichida tinchlik bitimini imzolanishini anglatadi”, dedi Pashinyan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Armaniston-Ozarbayjon chegarasida hech qanday keskinlik kuzatilmayapti. 

"Menga har kuni chegarada o‘t ochishni to‘xtatish rejimi buzilgani haqida xabar berishadi va oxirgi 24 soat ichida faqat bitta o‘q otilgan. Hozirda Armaniston-Ozarbayjon chegarasida hech qanday keskinlik yoki qo‘shinlar to‘plangani yo‘q", dedi Armaniston Bosh vaziri.

Pashinyan, shuningdek, Armaniston Ozarbayjon va Turkiya uchun suverenitet, tenglik va o‘zaro manfaatlarda mintaqaviy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini ta’kidladi. 

Avvalroq, Qorabog‘da Rossiya tinchlikparvar kuchlari tashlab ketgan nuqtalarni Ozarbayjon politsiyasi egallagani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 sentyabriga o‘tar kechasi Qorabog‘da Armaniston Qurolli kuchlarining qo‘poruvchi-diversiv guruhi tomonidan o‘rnatilgan tankka qarshi mina portlab ketishi ortidan olti nafar ozarbayjonlik halok bo‘lgandi. O‘sha kuni Baku “mahalliy aksilterror choralari” boshlanganini e’lon qildi va arman harbiylarini mintaqadan olib chiqib ketishni talab qildi. Yerevan Qorabog‘da arman Qurolli kuchlari yo‘qligini ta’kidlab, sodir bo‘layotgan voqealarni “keng ko‘lamli tajovuz” deb atadi. 20 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da aksilterror tadbirlarini to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. 28 sentyabr kuni xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi uning rahbari Samvel Shahramanyan tomonidan imzolangan farmon bilan tugatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ilhom Aliev Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing