Pashinyan ortidan Aliyev ham Blinken bilan gaplashib oldi

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken telefon orqali Baku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish borasidagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.  

“Prezident Ilhom Aliyev Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlarining yaqinda Tbilisida bo‘lib o‘tgan uchrashuvini ikki davlat o‘rtasida tinchlik bitimi bo‘yicha muzokaralardagi birinchi qadam sifatida baholadi”, deyiladi xabarda.  

Blinken, o‘z navbatida, “tomonlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga ijobiy baho berishini” bildirgan. 

Aliyev Blinkenga rasmiy Baku tinchlik bitimini tayyorlash bo‘yicha komissiyaning o‘z qismini tashkil etgani va Armaniston tomonidan ham shunday qadamlar kutayotganini ma’lum qilgan. 

“AQSH Davlat kotibi Vashington Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida aloqa va transport yo‘laklarini ochishda texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan”, deyiladi xabarda. 

Bundan tashqari, Aliyev va Blinken avvalroq Bakuda Ozarbayjon va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida imzolangan energetika sohasidagi hamkorlik memorandumini muhokama qilgan. Hujjat yaqin yillarda Ozarbayjon gazining Yevropa bozoriga eksportini ikki baravar oshirishni ko‘zda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy hafta boshida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan Qorabog‘dagi vaziyat, Ozarbayjon bilan munosabatlarni normallashtirish va Turkiya bilan aloqalarni tiklash borasida muloqot qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Qorabog'

Baholaganlar

64

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing