Pashinyan niyatiga yetolmadi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Armaniston Ma’muriy sudi Onik Gasparyanni mamlakat Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida yakuniy qaror qabul qilingunga qadar ushlab turishga qaror qildi. Bu haqda rasmiyning advokati Artur Ovannisyan ma’lum qilgan.

"Ma’muriy sud da’voni ta’minlash chorasini qo‘llashga qaror qildi. Onik Gasparyan o‘z lavozimida qoladi va yakuniy hukm chiqarilguncha o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi", degan Ovannisyan. 

Uning tushuntirishicha, bu Bosh shtab boshlig‘i besh yil muddatga tayinlanishi bilan bog‘liq. Agar Bosh shtabning yangi rahbari tayinlansa, Gasparyanning buzilgan huquqini tiklash imkonsiz bo‘lib qoladi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan Bosh vazir Nikol Pashinyanning general-leytenant Artak Davtyanni Bosh shtab boshlig‘i lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi taklifini rad etdi. U ushbu lavozimni 2018 yildan 2020 yilgacha egallagan. Taklif Hukumat rahbariga e’tirozlar bilan qaytarildi. 

Armanistondagi vaziyat fevral oyida, Bosh shtab boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryan Pashinyanni tanqid qilganida keskinlashdi. Bosh vazir Bosh shtab boshlig‘i Gasparyanni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida Prezidentga ikki marotaba murojaat yubordi. 

10 mart kuni Bosh vazir Gasparyan o‘z lavozimidan ozod qilinganini aytdi, chunki Prezident farmonni o‘z vaqtida imzolamagan va Konstitutsiyaviy sudda unga qarshi chiqmagan. 

General-leytenant Stepan Galstyan esa Bosh shtab boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Pashinyan Gasparyan

Baholaganlar

137

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing