Pashinyan Mirziyoyevni tabrikladi
Jamiyat
−
12 iyul 2023
2917Bugun, 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, Armaniston hukumati rahbari Shavkat Mirziyoyevni Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklab, katta muvaffaqiyatlar va baxt-saodat tilagan.
Suhbatda amaliy hamkorlik loyihalarini ilgari surish maqsadida hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi hamda qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlarini o‘tkazish muhimligi alohida ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 iyul kuni O‘zbekistonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 87,05 foiz ovoz bilan 7 yil muddatga saylandi.