Pashinyan xursand. U Putin bilan nimalarni muhokama qildi? 

Olam

image
0:00
0:00
download

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazilgan muzokaralarni juda samarali deb atadi.  

"Uchrashuv natijalaridan juda mamnunman, deb ayta olaman. Albatta, Rossiya Prezidenti bilan juda ochiq ruhdagi munosabatlar o‘rnatildi, ayniqsa, so‘nggi oylardagi munosabatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarakterga ega bo‘ldi", degan Pashinyan. 

Bosh vazir uchrashuv davomida ikki tomonlama kun tartibidagi masalalar, shuningdek mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilinganini ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, uchrashuvda hujjatlar imzolanmagan, ammo ularning ba’zilari, shu jumladan xavfsizlik sohasi muhokama qilingan. 

Bundan tashqari, allaqachon erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi haqida so‘z yuritilgan. 

Shuningdek, Putin va Pashinyan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni ham muhokama qilgan. 

Bosh vazir, shuningdek, kelajakda "barcha sohalardagi Armaniston-Rossiya ittifoqchilik munosabatlari o‘zaro ishonch va xalqlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stona aloqalar asosida rivojlanib borishiga" ishonch bildirgan. 

Avvalroq, Pashinyan Rossiya Prezidenti bilan muzokaralar fonida Respublikada yangi atom elektr stansiyasini qurish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qilgani aytilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Putin Pashinyan

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing