Pashinyan iyungacha Bosh vazir vazifasini bajaruvchi bo‘lib qoladi
Olam
−
19 mart 2021
3630Nikol Pashinyan joriy yil 20 iyun kuni Respublikada muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilguniga qadar Armaniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bo‘lib qoladi. Bu haqda Armaniston parlamenti vitse-spikeri, "Fuqarolik shartnomasi" hukmron partiyasi a’zosi Alen Simonyan ma’lum qilgan.
"Boshqa variant na muhokama qilindi va na muhokama qilinadi. Saylovgacha Pashinyan vaqtincha Bosh vazir bo‘lib qoladi", degan siyosatchi bugun, 19 mart kuni.
Avvalroq, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatda 20 iyun kuni muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish bo‘yicha muxolifat bilan kelishuvini e’lon qilgandi.
Armanistondagi vaziyat fevral oyida, Bosh shtab boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryan Pashinyanni tanqid qilganida keskinlashdi. Shundan so‘ng, Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan Pashinyanning taklifiga binoan, Bosh shtab rahbarining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryanni ishdan bo‘shatdi. 25 fevral kuni Armaniston armiyasi mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qildi.
Bosh vazir Bosh shtab boshlig‘i Onik Gasparyanni ham lavozimidan ozod etish to‘g‘risida Prezidentga ikki marotaba murojaat yubordi. 10 mart kuni Pashinyan Gasparyan o‘z lavozimidan ozod qilinganini aytdi, chunki Prezident farmonni o‘z vaqtida imzolamagan va Konstitutsiyaviy sudda unga qarshi chiqmagandi. Armaniston Ma’muriy sudi esa Onik Gasparyanni mamlakat Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida yakuniy qaror qabul qilingunga qadar ushlab turishiga qaror qildi.
LiveBarchasi