Pashinyan Isroilni Ozarbayjonga qurol yetkazib berishda aybladi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Isroilni tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi mojarosida to‘g‘ri pozitsiyani tanladimi yoki yo‘qmi, bu haqda o‘ylab ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda “The Jerusalem Post” yozmoqda.

"Isroil aslida yollanma askarlar, islomiy terrorchilar tomonida ekanligi haqida o‘ylashi kerak", dedi Pashinyan.

U Isroil tomonini ushbu holat unga mos keladimi yoki u Turkiya singari davlat bilan bir lagerda bo‘lishni xohlaydimi yoki yo‘qmi, o‘ylab ko‘rishga chaqirdi. Armaniston Bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, ertami-kechmi Isroilning o‘zi Anqaraning "imperatorlik ambitsiyalari"ga duch keladi.

Isroil "Tog‘li Qorabog‘da arman genotsidini uyushtirish" uchun Ozarbayjonga qurol yetkazib bermoqda, degan Pashinyan.

Avvalroq, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan Tog‘li Qorabog‘ masalasida yordam so‘rab yozgan maktubiga to‘xtalar ekan, bu holatni mag‘lubiyatni tan olish, deb atagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston Isroil

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing