Pashinyan Fransiyaning yangi Bosh vazirini mehmonga chaqirdi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan birinchilardan bo‘lib 34 yashar Gabriel Attalni Fransiyaning yangi Bosh vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladi. Bu haqda mahalliy nashrlar yozmoqda. 

“Ko‘p asrlik arman-fransuz do‘stligi va imtiyozli munosabatlariga to‘xtalar ekanman, ishonchim komilki, sizning faoliyatingiz davomida hukumatlarimiz Armaniston va Fransiya o‘rtasidagi ko‘p tarmoqli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun yangi g‘ayrat bilan ish olib boradi”, deyilgan Bosh vazirning murojaatida.

Shuningdek, u suhbat davomida fransiyalik mavqedoshini o‘ziga qulay paytda Armanistonga tashrif buyurishga taklif qilgan.

Эслатиб o‘tamiz, 9 yanvar kuni Elizabet Born iste’foga chiqqanidan so‘ng Gabriel Attal Fransiyaning yangi Bosh vaziri etib tayinlangan edi. 34 yoshli Attal mamlakat tarixidagi eng yosh bosh vazir bo‘ldi. U shu lavozimga qadar Fransiya Ta’lim vaziri bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Nikol Pashinyan Armaniston Gabriel' Attal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing